}

Essay

2025-05-29

Meni ruhlantirgan Korea hayoti

  • HUSNIDA 2025-05-29
  • 93
    1
Ismim Husnida, yoshligimdan chet elga chiqish va o‘qish orzusi bilan yashaganman. 2016-yil yozida “Vorislar” nomli koreys dramasini ko‘rib, uning qahramonlari va madaniyati menga juda katta ta’sir qildi. Shu vaqtning o‘zida mustaqil ravishda koreys tilining alifbosini o‘rganishga kirishdim. Yillar o‘tib, orzularim ro‘yobga chiqib, 17 yoshimda Koreyaga keldim va sevimli institutimda tahsil olishni boshladim.
Koreyada yashash davomida meni eng ko‘p ruhlantirgan narsa — bu ilmga bo‘lgan cheksiz mehr va izlanishdir. Men har safar kutubxona yoki study caféga dars qilishga kirganimda, u yerda o‘tirgan talabalar daftar va ruchkalari yoki iPad va kompyuterlaridan foydalanib, juda diqqat bilan o‘qishlarini ko‘rib hayratda qolaman. Ularning ilmga bo‘lgan jiddiy munosabati meni ham o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlashga undaydi.
Koreyaliklarning bilimga hurmati va odamlar bilan odobli, samimiy muomalasi menga chuqur ta’sir qildi. Men uchun Koreya — nafaqat ta’lim maskani, balki hayot maktabi bo‘ldi. Bugun men bilamanki, ilm va bilim yo‘li har bir inson uchun eng ulug‘ yo‘ldir. Koreya menga shuni o‘rgatdi: haqiqiy kuch va muvaffaqiyat — doimiy o‘qish va o‘z ustida ishlashda. Shu sababli, men kelajakda bilim bilan dunyoga o‘z hissamni qo‘shaman deb ishonaman.
  • 공유링크 복사

    댓글목록

    profile_image
    김형곤  오래 전

    '저에게 한국은 단순한 교육의 장소가 아니라 삶의 학교였습니다.'
    '진정한 힘과 성공은 끊임없이 배우고 자신을 발전시키는 데 있다는 것입니다.'

    한국에서 보고 느꼈던 위 두 문장으로 한국의 발전을 설명할 수 있습니다.
    전 세계에서 식민지 착취와 전쟁을 겪고 가장 짧은 기간에 선진국이 될 수 있었던 비결!
    바로 '교육'이라는 점에 공감합니다.

    HUSNIDA님의 성공을 기원합니다.

    2025-06-21 12:26